Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”da forishliklar ham faol ishtirok etayapti
17:43 / 2024-04-03

Jizzax viloyatining Forish tumanida jami 720 ming 300 tup mevali, manzarali ko‘chat va buta ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 29-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda loyihani amalga oshirishda joylarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani ta’kidlanib, mutasaddilarga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar berilgan edi.  

Tumandagi 3-sektor hududiga qarashli barcha mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, aholi tomorqasidan samarali foydalanib, ko‘proq daromad olish borasidagi ishlar tizimli olib borilayotganini ta’kidlash lozim.  

Mahallalarga biriktirilgan ishchi guruhlar xonadonma-xonadon yurib, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.  

Jumladan, Egizbuloq mahallasiga qarashli Orishli qishlog‘i aholisi har yili tomorqadan samarali foydalangan holda turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib, o‘z oilalari va bozorlar serob va to‘kin-sochinligini ta’minlashga hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ayni kunlarda mazkur qishloq aholi xonadonlarida tomorqaga turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar aniqlanib, ularning tomorqalariga mevali ko‘chatlar bepul yetkazib berilmoqda.  

Bundan tashqari, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Forish tuman bo‘limi boshlig‘i Shavkat Islomov va “Nuroniy” jamg‘armasi Forish tuman bo‘limi mas’ul xodimi Sharof O‘ngalov tumandagi “Nurak”, “Osmonsoy”, “Oqtepa”, “Sayyod” mahalla fuqarolari yig‘inlarida va fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lib, mahallalardagi aholi tomorqa yerlari va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlari chetlaridan samarali foydalanish, daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazish, atrofni obodonlashtirish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.  

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham bugungi kunda mahallalarda bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan o‘tkazilayotgan aholiga tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot ishlarida faol qatnashmoqda. Xususan, tuman Kengashi deputati Ahmad Soyaqulov Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi o‘rtasida tomorqani rivojlantirish, undan mo‘l hosil yetishtirib, ko‘proq daromad olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini o‘tkazdi.  

Shuningdek, tuman Kengashi deputati Bobomurod Gulmurodzoda ham aholi tomorqasidan foydalanish holatlarini o‘rganish va aholi o‘rtasida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida tumanning 1-sektor hududidagi “Bog‘don” MFYda bo‘lib, “xonadonbay” tamoyili asosida ish tutayotir. 

Forishliklar qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari, fermer va o‘rmonchilik xo‘jaliklari, obodonlashtirish boshqarmasi hududlari, avtomobil yo‘llari yoqalari, ekin maydonlari chetlari va har bir oila tomorqalariga bahorgi mavsumda ekilishi rejalashtirilgan mevali va manzarali hamda buta ko‘chatlarini o‘tqazishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu bugungi kun holatida tuman bo‘yicha jami 550 ming tup yoki rejaga nisbatan 78 foiz ko‘chat ekib bo‘lindi.  

Tumanda “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari