Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yashil makon»: Yashnobod tumani hududiga 250 tup kashtan daraxti ko‘chati ekildi
14:35 / 2024-04-09

Prezidentimizning 2023-yil 23-noyabrdagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda asosan ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olishga alohida ahamiyat qaratilayotir. Xususan, «yashil makon» umummilliy loyihasi bo‘yicha barcha tashkilotlar yurtimizni yashil diyorga aylantirish maqsadida o‘z hissasini qo‘shmoqda. 

Bugun Energetika vazirligi, «Yashil energiya» MCHJ va «Huawei» kompaniyasi xodimlari navbatdagi ana shunday ishlarda barchaga namuna bo‘ldi. 

Ushbu jamoa bu gal Yashnobod tumanidagi Ahmad Yassaviy mahallasining Alimkent ko‘chasi hududida 250 tup kashtan daraxti ko‘chatini ekdi. Ularning maqsadi esa ona tabiatni asrash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va yashil bog‘ yaratishdir. Shu sababli, jamoa loyiha doirasidagi ishlarda faol ishtirok etmoqda. 

N. Ziyodullayeva, O‘zA