Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” umummilliy loyihasida nima o‘zgardi? (+video)
17:34 / 2025-12-24

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 mln tup ko‘chat o‘tqazish belgilab olingan bo‘lib, shundan bahorgi mavsumda 125 mln va kuzgi mavsumda 75 mln tup mevali va manzarali ko‘chat ekib kelinayotgan edi.

Endilikda bahor oylarida 75 mln, kuz oylarida 125 mln tup ko‘chat o‘tqazish mo‘ljallanmoqda. Buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor. “Yashil makon” umummilliy loyihasida shu va boshqa o‘zgarishlar haqida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi bosh mutaxassisi Shohjahon Omonov bilan suhbatlashdik.  

- Joriy yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida nima ishlar amalga oshirildi va qanday o‘zgarishlar bor?  

- “Yashil makon” umummilliy loyihasi 2021 yil boshlangan bo‘lsa shu davr mobaynida 1 mlrd tup ko‘chat ekildi.  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 2030 yilga qadar 30 foizga yetkazish vazifasi ijrosini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respyblikasi Prezidenti huzurida 2025 yil 26 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda daraxtlarni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi hamda joriy yil kuz mavsumida 125 mln tup, 2026 yil bahorda yana 75 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish topshirilgan.

Joriy yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika hududlarida jami 266 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi  yoki prognozga nisbatan bajarilishi 106 foizni tashkil etdi. Jumladan, bahor mavsumida 137 mln tup hamda kuz mavsumida 129 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi, respublikaning yashillik darajasi 14.3 foizga yetkazildi.  

Mahallalar hududi va aholi tomorqalari atroflariga jami 48 mln tup, atrof-muhitga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan  1 541 ta sanoat korxonalari atrofida jami 3 894 gektar maydonda 11 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarlari o‘tqazilishi ta’minlandi.

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida aholi tashabbuslari asosida  2025 yilda g‘olib bo‘lgan 155 ta tuman va shaharlarda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari” tashkil etish bo‘yicha yakuniy ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikaning tuman va shaharlarida jami 475 km uzunlikdagi “Soyali sayr ko‘chalari” va 378 km uzunlikdagi “Sog‘lomlashtirish yo‘laklari” tarmoqlari tashkil etilib, jami 545 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Astronomiya parki” barpo etildi hamda Toshkent va Qibray tumanlari hududidagi 78 gektar maydonda “Dendrologiya bog‘i”ni tashkil etish loyihasini birinchi bosqich ishlari yakunlandi.

Chirchiq daryosiga tutash hududda 181 gektar maydonda, Yadro fizika instituti va unga tutash 250 gektar hududda “Dendrologiya bog‘i” hamda Sergeli tumani “Xonobodtepa” MFYda 81 gektarda “Botanika bog‘i”ni kelgusi yilda tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.

- Ko‘chatlarni parvarish qilish va saqlash, uning hisobini yuritish borasida qanday tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi?

- Ko‘chat soni, turi, ekilgan lokatsiyasi, ko‘chat ekkan shaxs va parvarishlashga mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar “yashilmakon.eco” elektron platformasida hisobga olinib, yuklanayotgan ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish uchun mazkur platformaga sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilmoqda.

Toshkent shahri hududidagi jami 858 ming tup daraxtlar pasportlashtirildi hamda “yashil makon” va green.tashkent.uz elektron platformalariga ma’lumotlari joylashtirildi.

Ko‘chat ekish bo‘yicha nazorat tadbirlarini sifatli olib borish maqsadida 544 nafar xodim jalb qilinib, ular 484 ta planshet, 11 ta uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan ta’minlandi.

31 ta tuman (shahar) atrofida jumladan, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlari chegarasida 40 km, shuningdek, Termiz shahri va Termiz tumanida 47 gektar maydonda Afg‘on shamoli va uning qum-chang bo‘ronlariga qarshi “yashil belbog‘”lar barpo etildi.

Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida joriy yil jami 253 ming gektar maydonda, shu jumladan, 115 ming gektar Orol dengizining qurigan tubi va 134.

6 ming gektar Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etildi.

Cho‘llanishga qarshi kurashish borasida suvsizlikka chidamli, sho‘r yerlarda o‘sishga moslashgan galofit o‘simliklarini ilmiy usulda yetishtirish maqsadida joriy yilda Arnasoy, Nukus, Qorako‘l, Muborak va Karmana tumanlarida jami 49 gektar maydonda galofit bog‘lari tashkil etildi.

Ushbu loyihalar Xitoy cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi va Shinjon ekologiya va geografiya instituti bilan hamkorlikda Xitoy tajribasi asosida amalga oshirilib, 35 turdagi 1.3 tonna galofit o‘simliklarining urug‘lari Xitoy davlatidan olib kelindi.

Xitoylik olimlar bilan birgalikda Qorao‘zak, Shofirkon, Konimex o‘rmon xo‘jaliklarida 3 ta cho‘l o‘simliklarining urug‘ va ko‘chatchilik bazasi hamda 10 ta galofit va kserofit bog‘lari tashkil etish ishlari boshlandi.

Idoralararo hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 15 mln tupdan ortiq ko‘chatlar amalda ekilmagani barvaqt aniqlanib, hisobotlarga qo‘shib yozilishining oldi olindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-0srdbDwPaw" title="“Yashil makon” umummilliy loyihasida nima o‘zgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA