Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
13:37 / 2022-11-13

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda.

Guliston davlat universitetida ham "Kelajagim uchun daraxt ekaman", "Biz yoshlar ko‘chat ekib, bog‘ yaratamiz" shiori ostida aksiya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov,  GulDU rektori Muhsin Xodjiyev, “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sыrdarya” gazetalari bosh muharriri Muhammad Ismoil, Guliston shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi inspektorlari, fakultet dekanlari va talabalar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Sh. Zayniddinov “Yashil makon” umummilliy loyihasining ahamiyati xaqida so‘z yuritib bu loyiha boshqa davlatlarda ham  e’tiroflarga sazovor bo‘layotganligini ta’kidladi. Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Xodjiyev ushbu loyihada ishtirok etuvchi barcha profesor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi-xodimlarga har bir ko‘chatni boshqa daraxt va nihollarga halaqit qilmaydigan darajada  qilib ekishga e’tibor berishlarini ta’kidladi.

–Guliston davlat universitetining barcha hududlariga 6000 ta mirzaterak, 1 000 ta behi, 1 000 ta sada  va 14 000 ta terak qalamchalari ekishni rejalashtirganmiz, – deydi GulDU bosh muhandisi A.Yunusov.–Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, 5 000 ta terak qalamchalari,1000 ta manzarali ko‘chatlar, viloyatning iqlim sharoitiga mos bo‘lgan urug‘lar o‘zimizning universitet issiqxonasida undirilmoqda.  

–“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Guliston shahrida  53 400 dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar Guliston shahrida 16 000 dan ortiq nihollar ekildi. Bunda Guliston davlat universitetining katta hissasi bor, – deydi  Guliston shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi inspektori Jasur Pardayev.  

“Yashil makon” loyihasi viloyatning barcha hududlarida keng ko‘lamda davom etmoqda.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA.