Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: Sirdaryoda amaliy ishlar boshlandi
12:45 / 2022-10-27

Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumani Baxt shahri hududidan o‘tuvchi qismida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat hokimligi, "Toza hudud" DUK, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Sirdaryo yo‘l ko‘kalam” DUK, Viloyat o‘rmon xo‘jaligi ishtirokida o‘tgan seminarda mutaxassislar tomonidan Sirdaryo viloyati hududiga mos keluvchi ko‘chatlarni tanlab ekish, parvarishlash, daraxt ko‘chatlari va butalarni o‘tqazishda iqlim sharoiti, tuproq strukturasi, sug‘orish tizimini hisobga olib ko‘chat ekish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyati hududida tuproq sho‘rlanish darajasi va yerosti suv sathining nisbatan yuqoriligi ham ko‘chatlarni ekishda iqlimga mos daraxt turlarini tanlashni talab qiladi. Mutaxassislar tomonidan ko‘chat ekishdan oldin ariqlar olinib suv quyilib tuproq tarkibidagi tuzlar yuvilgandan so‘ng ko‘chatlarni o‘tqazish, ildizga mos tarzda chuqur kovlash, kam suv talab qiladigan daraxt ko‘chatlari ekish va parvarish qilish, ko‘chatlarning unishi uchun zarur o‘g‘it va dorilar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Seminar davomida faxriylar “Dolzarb 40 kunlik” doirasida ilk ko‘chatni ekib berdi. Hashar ishtirokchilari 4 gektar yer maydoniga 4 000 dona ko‘chat uchun joy tayyorlab, chuqurlar qazdi va 2 000 dona ko‘chat ekildi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA