Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: qarovsiz yerlar obod bo‘lmoqda
16:27 / 2021-11-13

Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi qizg‘in davom etmoqda. Sirdaryo viloyati Shirin shahrini ko‘kalamzorlashtirish, obod qilish maqsadida qarovsiz qolgan yo‘l chetidagi yerlarga archa, pavloniya kabi manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Shahar hududini yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, pavloniya daraxt ko‘chatlari zaxirasini yaratish maqsadida joriy yil may oyida Shirin shahar hududida kiraverishdagi yo‘l chetiga pavloniya daraxti nihollari yerga qadalgan edi. Eng tez o‘suvchi daraxtlar sirasiga kiruvchi ushbu nihollar qariyb 6 oy davomida tayyor ko‘chatga aylandi.  

Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi dala hovli hududining yo‘l chetiga tutash qismidagi yer maydoni uzoq yillardan buyon qarovsiz holatda edi.  "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bu yerda pavloniya hamda manzarali archa ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Sh.Suyarov, O‘zA