Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: obodlik va hamjihatlik tashabbusi
19:18 / 2025-11-15

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va jamoatchilikni tabiatni asrashga jalb etish maqsadida keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada aholining faol ishtiroki, turli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan amaliy tadbirlar milliy ekologiya siyosatida muhim o‘rin tutadi. Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri sifatida Andijonda “Yashil makon” aksiyasi o‘tkazildi.

Unda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, milliy madaniy markazlar, turli konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbir tabiatni asrash, ekotizim barqarorligini ta’minlash va jamoatchilikning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli harakatning navbatdagi amaliy qadami bo‘ldi.

[gallery-26279]

Aksiya Andijon viloyati hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi viloyat Kengashi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, “Yuksalish” harakati, NNTlar milliy assotsiatsiyasi va Jamoat fondining viloyat bo‘linmalari hamkorligida tashkil etildi. Tadbir 2025 yil 10 noyabr kuni qabul qilingan “Andijon viloyatida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan Bag‘rikenglik haftaligi tadbirlari” dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Aksiya davomida 50 nafar ishtirokchilar tomonidan 50 tup manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazildi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat viloyat hududidagi yashil hududlarni kengaytirishga, balki turli qatlam vakillarining bir maqsad yo‘lida birlashishi, bag‘rikenglik va ahillik an’analarini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Andijonda o‘tkazilgan ushbu ekologik aksiya tabiatni asrash borasidagi amaliy ishlar bilan birga jamiyatda o‘zaro hurmat, totuvlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan xayrli qadam sifatida e’tirof etildi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari