Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” mas’ullari jarimaga tortildi
18:06 / 2026-01-01

Sirdaryoda “Yashil makon” loyihasi doirasida mas’ul shaxslar topshiriq va majburiyatlarga rioya qilmagani uchun 12 nafar xodim ma’muriy jarimaga tortildi. Ularning umumiy jarimasi 50 mln 264 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan kuz mavsumida viloyatda 8 mln 839 ming mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Har bir ko‘chat elektron platformaga kiritilgan va parvarish uchun mas’ullar biriktirilgan. Raqamli monitoring daraxtlarning o‘sish sur’atini kuzatish, mas’ullar mas’uliyatini oshirishda samarali mexanizm bo‘ldi.

–  Daraxt ko‘chatlari atmosferadagi uglerodni singdirish, yerning sho‘rlanishini kamaytirish, havo sifati va bioturlilikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.   Yashil hududlar aholi salomatligi va ijtimoiy farovonlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolalar uchun esa ekoturizm va ta’lim maydonchasi vazifasini bajaradi. Ma’muriy choralar orqali mas’ullar mas’uliyatining oshirilishi loyiha samaradorligini ta’minlash va boshqa hududlarda ham atrof-muhitni muhofaza qilishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy qilish imkonini beradi,  –   deydi Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat No‘’monov.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri