Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashil makon manzillari ko‘paymoqda
16:53 / 2025-11-08

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 26 sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida daraxtni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirilib, ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Shu kunlarda ana shu umummilliy loyiha doirasida butun mamlakatimizda kuzgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda. Bu borada “Dolzarb bir oylik” e’lon qilindi. 8-9 noyabr kunlari Toshkent viloyati bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.

Mazkur hasharga nafaqat viloyat hududidagi boshqarma va tashkilotlar, balki Respublika darajasidagi vazirlik hamda idoralar, agentlik va qo‘mitalar ham o‘z xayrxohligini bildirdi. Xususan, hashar doirasida hududlardagi avtomobil yo‘llari yoqalarida, M-39, A-373 kabi xalqaro ahamiyatdagi yirik avtomagistrallar bo‘ylarida keng ko‘lamda ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari, tizimda faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan ham hashar doirasida ko‘kalamzorlashtirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi. 

– Birinchi galda iqlimga mos daraxt ko‘chatlari ekish uchun belgilangan joyda er tayyorlandi, – deydi mazkur boshqarmaning Ohangaron tumani bo‘limi fitosanitar inspektori Alijon Maxsilov. – Barcha birgalikda chuqurlar kavladi. Shu bilan birga hasharchilar uchun dasturxon yozilib, osh tayyorlandi. Kun davomida mehnat jamoamiz “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashda faollik ko‘rsatdi. Muhimi, ekilayotgan daraxt ko‘chatlarining to‘g‘ri parvarish qilishdir. 

A.Musayev, O‘zA.