Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” loyihasi start oldi
15:22 / 2026-02-24

Xovos tumanida yoshlar va mahalla aholisini atrof-muhitni muhofaza qilishga keng jalb etish, mahalla hududlarini ko‘kalamzorlashtirish va yashil muhitni mustahkamlashga qaratilgan “Yashil makon” loyihasi ish boshladi.

Ushbu loyiha doirasida Xovos tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan Husnobod mahallasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida 600 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududning ekologik muhiti yanada yaxshilandi.

Yashil makon shunchaki tadbir emas. Ushbu loyiha nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki yosh avlodni tabiatga mehr va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyatga ega, – deydi Xovos tuman Yoshlar ishlari bo‘limi vazifasini bajaruvchi Eldor Baratov.  — Eng asosiysi, ushbu loyiha yoshlarning ekologik faolligini oshirish va mahallalarda sog‘lom, yashil muhitni ta’minlashda muhim qadam sifatida baholanadi.

Tadbirda faol yoshlar hamda mahalla va jamoat tashkilotlari vakillari birgalikda ishtirok etib, hududni yanada obod va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Loyiha doirasidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilib, ko‘cha va xiyobonlarda bog‘lar barpo etish, yashil hududlarni kengaytirish ishlari davom ettiriladi. Bu esa tabiatning sofligini saqlashga hamda hududlarda toza va ekologik barqaror muhit shakllanishiga xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri