English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” loyihasi hududlar kesimida davom etmoqda
11:36 / 2022-04-15

Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan Sergeli tumani uchun 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ajratilgan. 

Hozirda ushbu daraxt ko‘chatlari mahalla fuqarolar yig‘inlariga, ijtimoiy soha ob’ektlariga, korxona-tashkilotlarga va muassasalarga belgilangan taqsimot jadvaliga muvofiq tarqatilmoqda. 

Mutasaddilar tomonidan mahallalarda bo‘sh yerlar, shahar markazidagi bog‘lar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, o‘sishdan to‘xtab qolgan, qurigan ko‘chatlar yangilanmoqda. 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekish ishlari tuman bo‘ylab davom etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlarini muvofiqlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Sergeli tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Asaka bank” aksiyadorlik-tijorat banki biriktirilgan. 

D. Mamatova,  O‘zA