Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” loyihasi doirasida ulkan tutzorlar yaratilmoqda
14:29 / 2022-10-27

Ma’lumki, joriy yilning 11 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasining borishi ham ko‘rib chiqilgan edi.

Xususan,“Yashil makon” doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023 yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yildi. 
 
Shunga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zbekipaksanoat” va “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmalari tomonidan ham 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik"da tut ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. 
 
Jumladan, kuz mavsumida birgina qo‘mita va uning tarkibidagi uyushmalar tomonidan respublikamiz bo‘ylab 53 milliondan ortiq tut ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. 
 
Tut daraxti pilla yetishtirishda yagona ozuqa bazasigina emas, changni ushlab qoluvchi, karbonat angidridni yutib, kislorod ishlab chiqaruvchi tabiiy vosita ham hisoblanadi. 


 
Gulnoza Boboyeva, O‘zA