Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yashil makon» loyihasi doirasida hududlarda tutzorlar kengaymoqda
16:22 / 2022-11-28

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasining borishi ham ko‘rib chiqilgan edi.

Xususan,«Yashil makon» doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023 yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yildi.  

Shunga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, «O‘zbekipaksanoat» va «Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish» uyushmalari tomonidan ham 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha «Dolzarb 40 kunlik»da tut ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Xususan, kuz mavsumida qo‘mita va uning tizimidagi uyushmalar tomonidan 53 million 140 mingga yaqin tut ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. Rejaga ko‘ra, shu yilning o‘zida jami 122 million 680 ming dona tut ko‘chatlari ekiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tut ko‘chatchiligi borasida ilmiy izlanishlar olib borilib, bunda yangi natijalarga ham erishilmoqda.  

Jumladan, Navoiy viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda 13 ta tut ekish seminarlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda pillani qayta ishlash korxonalari tomonida 5 ta tut ekish seminari o‘tkazildi.  

– Kuzgi mavsumda 2937,8 ming tup tut ko‘chati ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan yakka qator tut ko‘chatlari fermer xo‘jaliklari dala atroflariga 887,3 ming tup ekildi, – dedi «Navoiy hududiy Agro-Pilla» MCHJ rahbari M.Yaxshiyev.  

«Yashil makon» umummilliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Navbahor tumanida ayni paytda eskirgan tutzorlar yangilanmoqda va yangi tutzorlar tashkil qilindi. 

Xususan, Navbahor tumanining "Dul-Dul" mahallasida «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida tashkil etilgan navbatdagi ekologik tadbirda ham qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan qarovsiz holatdagi 3 gektarli maydonga tutzor barpo etildi va 20 mingga yaqin, tut ko‘chatlari o‘tqazilib, hududda yashil makon barpo etildi. 

Yangi tutzor barpo etish orqali ish o‘rinlari yaratildi, oilaviy pudrat asosida hududda istiqomat qiluvchi 12 nafar ishsiz fuqarolarga Mastura Ergashova, Zebo Ergashova, Ulug‘bek Mirzayev kabi ishsiz fuqarolarga 0.25 sotixdan tutzor maydonlari ajratib berildi.  

 Gulnoza Boboyeva, O‘zA