Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” loyihasi: barcha birdek faol
21:39 / 2022-11-23

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘lim boshqaruvi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zNNTMA Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va NNT “Yuksalish” axborot resurs markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

– Xalqimizda bitta daraxt kessang mingni ek, degan dono naql bor, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘lim boshqaruvi raisi Nurali Maxmatov. – Mana ikki yildirki bevosita Davlat rahbari tashabbusi bilan yashil makon umummilliy loyihasi doirasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Keng ko‘chalar bo‘ylariga minglab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu loyihada yoshu qari birdek ishtirok etmoqda. Biz hissamiz qo‘shilishini istadik va 100 dan ziyod ko‘chatlar o‘tqazdik.

O‘lmas Barotov, O‘zA.