French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” inson ko‘nglida joy bo‘lishi kerak (+video)
19:39 / 2026-01-08

Har yili davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab 200 million tupdan ziyod nihol o‘tqaziladi. Yurtni obod qilib, bog‘ yaratish, dov-daraxtlarni asrash tushunchasi xalqimiz qalbiga tobora chuqurroq kirib borayotgani quvonarli hol albatta. Zero, har birimiz Ona zamin farzandimiz, shu yurt jonkuyari. Bizdan keyingi avlodga ham musaffo osmon, yashillikka burkangan olam, zilol suvlar meros qolishi kerak.

Ana shu pok niyatlarni ko‘ngliga jo qilib, o‘z xonadoni, mahallasini obod qilayotgan, ko‘chat ekib bog‘ yaratayotgan inson – Nigora Nosirovaning ekofaolligi, ezgu amallari e’tiborimizni tortdi.  

 - O‘tgan yili xonadoningizdagi avtoulovlarni sotib, nihollarni sug‘orish va parvarish qilish uchun suv tashuvchi avtomashinalar sotib olganingiz va yozning jaziramasida dov-daraxtlarni saqlab qolganiz haqida ko‘rsatuv qilgandik. Bu yil ekologiya sohasida qanday rejalarni amalga oshirdingiz?  

-  2021 yili Prezidentimiz “Yashil makon” tashabbusi bilan chiqdilar va bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z uyimdan boshladim. Buning asosiy negizi tejamkorlikda. Bu daraxtlar, bu chechaklar begonamas, dilbandim. (davomi videoda)  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fdQd8cLqPX8" title="“Yashil makon” inson ko‘nglida jo bo‘lishi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov, O‘zA