English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yashil makon": ezgu tashabbus Uychida quloch yozdi
17:25 / 2021-12-06

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimiz miqyosida keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari Namangan viloyatining Uychi tumanida ham qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, tuman hududidagi mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan “O‘rta orol” davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi bilan 7 turdagi jami 894 tup, umumiy qiymati 47 million 380 ming so‘mdan iborat shartnoma imzolandi.

Hozirga qadar homiylik mablag‘lari evaziga olib kelingan 563 tup mevali, 241 tup manzarali nihollar tumandagi 49 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maydonlariga ekildi. Xuddi shunday jarayon tuman hududidagi 206 ta nodavlat oilaviy, 2 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi, 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham qizg‘in davom etmoqda.


Uychi tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish aksiyasi jarayonida Respublika Maktabgacha ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etdi. Tumandagi 1-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisiga archa ekildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA