Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” – ekologiyani yaxshilash, aholi salomatligini asrashda muhim qadam
18:35 / 2025-11-19

Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kunda jamiyat hayotining muhim yo‘nalishlaridan birini tashkil etmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi esa mamlakatimizni yanada ko‘rkam va yashil muhitga aylantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu loyiha doirasida tashkil etilayotgan “dolzarb bir oylik” qator vazirlik va idoralar, shu jumladan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi uchun ham amaliy hissa qo‘shish imkonini yaratdi.

Jumladan, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan qo‘mitaga ajratilgan yo‘l bo‘yida 500 tupga yaqin  manzarali va buta ko‘chatlari ekildi. Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida kuzgi mavsumda 200 tup archa va 150 tup yapon saforasi, jami 350 tup manzarali daraxt,  

Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi Sharof Rashidov tumani, “Nurafshon” MFY hududiga 550 dona terak ko‘chatlari, Namangan viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari Davlatobod tumanida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bog‘ida” 30 tupdan ortiq manzarali pavloniya daraxtlarini ekdi. Nukus shahrining A.Temur ko‘chasi hududida esa 30 tupga yaqin mevali daraxtlar ekildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ham  “Yashil makon” loyihasida   faol ishtirok etmoqda. Xususan, Urganch shahrida kuzgi mavsumda 150 tupga yaqin  manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar nafaqat hududlarning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki ekologiyani yaxshilash, aholi salomatligini asrash va kelgusi avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan muhim qadamdir.

Nigora Rahmonova, O‘zA