Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: Buxoroda “Sudyalar bog‘i”
11:20 / 2026-01-05

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholining tabiatga nisbatan mas’uliyatini oshirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida, mahallalarda, korxonalarda va keng jamoatchilik o‘rtasida ekologik targ‘ibot-tashviqot ishlari  kuchaytirilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro viloyati sudi tashabbusi bilan “Sudyalar bog‘i” tashkil etildi. Nihol o‘tqazish hasharida viloyat, tumanlararo, shahar-tumanlar sudlarining 60 nafardan ziyod sudya va sud xodimlari, tuman hokimligi, prokuraturasi mas’ullari ishtirok etdi. 

Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida bog‘dorchilikda ilmi bor agronom mutaxassislar tavsiya, ko‘rsatmalari olinib, mahalliy tuproq va iqlim sharoitiga mos 300 tupdan ortiq mevali va manzarali nihollar ekilib, parvarishiga e’tibor qaratilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.