Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” Andijonda! (+video)
20:09 / 2023-10-20

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz mavsumida Andijon viloyatida 6 mln. 550 mingta ko‘chat ekish ishlari rejalashtirilgan.

Jumladan, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqasida, qishloq xo‘jaligi yerlarida ixota daraxtzorlar barpo etiladi.
Yurtimizda bu harakat boshlanganiga 2 yil bo‘lyapti. Jamiyatda, odamlarda daraxtga nisbatan munosabat o‘zgardi. Daraxt va buta ko‘chatlar ekish, shu orqali yashil maydonlarni kengaytirishga barcha hissa qo‘shmoqda.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ko‘chatlarni yetishtirish, ularni ekish va parvarishlash, tizimli sug‘orish ishlarida mas’ullar belgilash, har bir daraxtning egasi bo‘lishi vazifasini qo‘ydi. Hududlarda “Yashil maydon” va “Yashil jamoat parklari” tashkil etish davom ettiriladi, dedi hokim.

Andijonda boshlangan kuzgi daraxt ekish mavsumida “Yashil makon – 2023” loyihasining kuzgi mavsumida viloyatning iqlim sharoitiga mos keluvchi 34 xildagi pavloniya, kashtan, qayrag‘och, qarag‘ay, chinor, yapon saforasi, terak, uzum, shumtol va boshqa mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan yashil makon Andijonda davom etyapti. Biz andijonlik sportchilar unda faol ishtirok etmoqdamiz. Xalqimizda bir hikmatli gap bor: yaxshidan bog‘ qoladi, degan. Barchani ko‘chat ekishga chaqirib qolaman, – dedi Muhammadqodir Abdullayev.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4Ot2bxM1twE" title="“Yashil makon” Andijonda!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA