Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: 36 nafar mas’ul shaxsga jarima belgilandi
16:22 / 2023-07-05

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan hududlarda joriy yilning 1 may - 1 iyul kunlarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Boshqarma Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganish davomida Uchquduq tumanida 6 nafar, Karmana, Xatirchi va Konimex tumanlarida 5 nafardan, Qiziltepa tumanida 4 nafar, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 3 nafardan, Nurota va Navbahor tumanlarida 2 nafardan hamda Tomdi tumanida 1 nafar mas’ul shaxslar tomonidan 2022 yil kuz va 2023 yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tiborsizlik qilinganligi va o‘z vaqtida sug‘orilmaganligi aniqlangan. 

Ushbu holatlar yuzasidan hududlardagi 36 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan davlat inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 118,5 million so‘m miqdorda jarima belgilandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA