Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: 1,5 milliondan ortiq daraxt va butalarni muhofaza qilish choralari ko‘rildi
16:33 / 2023-10-03

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.

Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Loyiha doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining tizim tashkilotlari tomonidan 114 mingdan ortiq manzarali, mevali ko‘chatlar va buta ekildi. Shuningdek, respublika bo‘yicha ekilgan ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 million 521 ming 818 tup daraxt va butalarda kasalliklar va zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari olib borildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi yashil maydonlarni yaratishda mamlakatimiz iqlimiga mos, suvsizlikka va kasallikka chidamli navlar tanlandi. Nihollarni parvarishlashda zamonaviy yondashuv asosida yetakchi davlatlarning tajribasi ham o‘rganilib, samara beradigan tajribalar milliy fitosanitariya tizimiga uyg‘unlashtirildi.

Iqlim o‘zgarishi sharoitida mevali va manzarali daraxtlarning zararli organizmlariga qarshi kurash choralari ham takomillashtirilmoqda. Bu jarayonda asosiy e’tibor kimyoviy vositalarni qo‘llash hajmini bosqichma-bosqich kamaytirishga, entomofaglar va mikrobiologik preparatlarni keng joriy etishga qaratilyapti. Natijada ishlov qamrovi 46 foizga ortdi. Demak, ekologiyaga, xususan inson salomatligi va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan tajribalar yuqori samara bermoqda.

N.Rahmonova, O‘zA