FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot dasturi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
[gallery-26003]
Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirok etib, iqlim o‘zgarishi, barqaror qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini tejash va toza energiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi.
Loyiha yoshlarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faol ishtirok etish, “yashil” tashabbuslarni ilgari surish va ekologik yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA