Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish - tadbirkorga koni foyda (+video)
07:32 / 2025-11-21

“O‘zbekiston-2030“ strategiyasida “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish ko‘zda tutilgan.

Bunda ayniqsa ekologiyaga zarar yetkazmaydigan infratuzilmani shakllantirish va sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. Albatta, bu borada xorijiy davlatlarda to‘plangan tajribalarni o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega.  

Ushbu yo‘nalishda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Yashil energiya”ni keng joriy qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirilib,  Samarqand viloyatidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zona va Farg‘ona viloyatidagi “Mexanik” kichik sanoat zonasi ekosanoat parklarga aylantirildi. Natijada korxonalar ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishlari barobarida, katta miqdorda mablag‘larini iqtisod qilishlariga ham erishdilar.  

Ushbu tashabbus atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, resurslar samaradorligini oshirish uchun korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgandir. “Yashil” texnologiyalarni joriy etish va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini ilgari surish orqali loyiha O‘zbekistonda ekologik toza sanoatni rivojlantirish modelini yaratishga ko‘maklashadi.  Shuningdek, u mahalliy manfaatdor tomonlar, jumladan, hukumat amaldorlari, erkin iqtisodiy zona ma’muriyati va sanoat xodimlarini o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini oshirishga asosiy urg‘u beradi.

- Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtiriladigan va Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) orqali amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish va siyosat bo‘yicha maslahat” loyihasi doirasida 2023 yil oxiridan boshlab “O‘zbekistonda ekosanoat parklari” pilot tashabbusi amalga oshirilmoqda.  

Maqsadimiz atrof-muhitga sanoat chiqindilarining chiqishini kamaytirish, korxonalarning ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishlariga ko‘maklashishdir, - deydi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) loyiha menejeri Igor Yeryomenko. – Bugungi anjumanda loyiha natijalarini muhokama qilib oldik. Kelgusida yana shunday loyihalarni tadbiq etishni maqsad qilganmiz.  

Muhimi bu loyiha mahalliy korxonalarning “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishi orqali mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshiradi, dunyo bozorlariga chiqishlariga keng yo‘l ochib beradi, o‘z navbatida tadbirkorlar daromadlarining ko‘payishiga xizmat qiladi.  

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/A2F36O3WfjQ" title="“Yashil iqtisodiyot”ga o`tish - tadbirkorga koni foyda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov (video), O‘zA