Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda? – Ikki vazir javob beradi
15:29 / 2025-11-11

Bugungi kunda ekologik muammolar oqibatini yumshatish va oldini olish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, chiqindilarni kamaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekologik jihatdan toza texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan davrda “2019–2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” loyihasi asosida 2023 yilda energetika ta’rif islohotlari o‘tkazildi. Natijada respublikada jami 6,3 million tonna karbonat angidrid ekvivalentida issiqxona gazlari ajratmalari qisqartirildi.  

[gallery-26175]

Mazkur qisqartirilgan issiqxona gazi ma’lum qismini (500 ming tonna karbonat angidrid ekvivalentida) xalqaro uglerod birliklari savdosiga yo‘naltirish orqali 7,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari jalb etildi. Resurslarni tejash ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 6,3 million kVt/soat energiya, 82 ming m3 dan ortiq suv, 1 050 tonnadan ziyod xomashyo tejalishiga erishilgan.

Joriy yil davomida yirik sanoat va sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning 140 tasida zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, sanoat korxonalari tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan va tutash hududlarga “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha 2024 yilning bahor hamda kuz mavsumlarida 11,8 million dona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilgan. O‘rmon bilan qoplanganlik darajasini oshirish maqsadida 2024 yilda davlat o‘rmon fondining foydalanilmayotgan 7 ming gektar yerlari o‘zlashtirilgan.

Shu bilan birga, bugungi kunda atrof-muhitni asrash, atmosfera havosini muhofaza qilishda o‘z yechimini kutayotgan ayrim masalalar bor. Ular tizimli yondashuvni, barcha resurslarni jalb qilgan holda yechimlarni talab qilmoqda.

Xususan, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida, saylov okruglaridagi o‘rganishlarida aholi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik monitoring tizimini yanada kuchaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator masalalar ko‘tarilmoqda.

Quyi palata majlisida shularan kelib chiqib, atmosfera havosiga zararli tashlanmalar chiqaruvchi va me’yoridan ortiqcha ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini hosil qiluvchi korxonalar holatini baholash va zararli tashlanmalarni kamaytirish, mahsulotlarni ishlab chiqarishda va xizmatlar ko‘rsatishda texnologik jarayonlarni “Yashil sertifikat” ekologik sertifikatlashtirish va ekologik markirovkalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirlariga parlament so‘rovi yuborildi.

Muhtarama Komilova,  

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA