Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yashil» hududlarni ko‘paytirish uchun sug‘orish, drenaj tizimlarini qayta tiklash zarur
13:01 / 2025-12-26

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi davom etmoqda.

– Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik, – dedi Prezidentimiz.  

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026 yilda jami 3 trillion 300 milliard so‘m yo‘naltiriladi.  

Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qo‘shimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi.  

Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham katta loyihalar boshlanadi.  

Poytaxtimiz, viloyat markazlari va shaharlarda «yashil» hududlarni ko‘paytirish uchun sug‘orish, drenaj tizimlarini qayta tiklash zarurligi ta’kidlandi.  

Buning uchun 160 million dollarlik katta dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar ta’mirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.

O‘zA