Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil energetika” yo‘nalishida Xitoy bilan hamkorlik kengaymoqda
16:02 / 2023-10-26

Poytaxtimizda “UzEnergy Expo-2023” ko‘rgazmasi doirasida “Yashil energiya barcha uchun” mavzusida biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zeltexsanot” uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan, mahalliy va xitoylik ishbilarmonlar ishtirok etgan mazkur tadbirda qayd etilganidek, yer yuzidagi neft, gaz zaxirasi cheklangan, qolaversa, kabi an’anaviy energiya manbalarining tabiatga zarari ko‘p. Shu bois rivojlangan davlatlar “yashil” energetikaga o‘tmoqda. Bu jarayon kelajak uchun juda muhim.

Mamlakatimizda ham ayni yo‘nalish salmoqli ishlar boshlangan. 2019 yil 21 mayda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Bundan tashqari o‘ndan ortiq qaror va farmon imzolangani soha rivojiga asos bo‘lmoqda. Xorijiy investorlar jalb etilib, ko‘plab istiqbolli loyihalar ishlab chiqildi. Tadbirkorlarga erkin raqobat muhiti yaratib berildi. Sohada katta bozor ochilishi natijasida quyosh elektr stansiyalarini to‘g‘ri loyihalash, o‘rnatish, montaj qilish va ishga tushirish ko‘nikmasiga ega korxonalar safi kundan-kunga kengayib, sifat borasida yuqori natijalar qayd etilyapti.

“O‘zeltexsanot” tarkibiga kiruvchi “Sun-Hightech” kompaniyasi quyosh stansiyasi uchun panel, invertor kabi tarkibiy qismlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi yilning eng omadli startap loyihalaridan biri bo‘lgan “GET-Green energy trade” kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Qarshi shahrida joylashgan “Chiroqchi” EIZ hududida “Sun-Hightech” kompaniyasi yillik quvvati 150 MVt bo‘lgan quyosh paneli ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu xalqaro hamkorlikning boshlanishi, xolos. Korxona oldida hali ulkan vazifalar turibdi. Xitoyning “Sungrow” kompaniyasi bilan invertor ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib borilyapti.
Tadbirda iste’molchiga ishonchli mahsulot yetkazib berish, sohaga endi kirib kelgan korxonalarni quyosh stansiyasini to‘g‘ri loyihalashga o‘rgatish, panel o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha trening o‘tkazish kabi mavzulardagi sessiyalar bo‘lib o‘tdi.

[gallery-14223]

Ishtirokchilar B2B formatida “Yashil energetika” yo‘nalishida jahon bozori yetakchi kompaniyalari bilan muloqot o‘rnatish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, kooperatsiyani kengaytirishga qaratilgan muzokaralar olib borishdi.

Go‘zal Sattorova,

Murodxon Xo‘jayev (surat), O‘zA