Energiya ta’minoti har qanday davlatning iqtisodiy barqarorligi, aholi turmush darajasi va ijtimoiy farovonligining asosiy shartlaridan biridir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, barqaror energiya ta’minoti nafaqat iqtisodiy masala, balki ijtimoiy adolat, ekologik xavfsizlik va uzluksiz rivojlanishning kafolati sifatida ham e’tirof etiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish borasida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. An’anaviy neft va gaz manbalariga bog‘liqlikni kamaytirish hamda barqaror rivojlanishga erishish maqsadida mamlakatda bir necha yirik quyosh va shamol elektrostansiyalari qurildi va qurilish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekistonda energiya ta’minotini yaxshilash, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz, samarali va ekologik toza energiya bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Energiya resurslariga talab ortib borayotgan, iqlim o‘zgarishi tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda energetika sohasi mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida strategik ahamiyatga ega bo‘lmoqda
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda. Biznes vakillari bilan ochiq muloqot, huquqiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, qulay investitsiyaviy sharoitlar yaratilishi mamlakatning investitsiya jozibadorligini oshirmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlarining soni ortishiga zamin yaratmoqda.
Mazkur o‘sish tendensiyasi milliy iqtisodiyotning jonlanishi, ishlab chiqarish salohiyatining kengayishi va raqobatbardosh mahsulotlar ulushining ko‘payishi bilan namoyon bo‘lmoqda. Tabiiyki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi bunday o‘zgarishlar energetika resurslariga, ayniqsa, elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish, energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va qayta tiklanuvchi manbalar hissasini ko‘paytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’molning o‘sishi
O‘zbekistonda 2016 yilda 59 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 81,5 milliard kVt⋅soatni tashkil etdi. 2024 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 22,5 milliard kVt⋅soat yoki 38 foiz ko‘pni tashkil etdi. Xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli 11,2 гигаvaттли qo‘shimcha quvvat yaratildi. Xususan, 2016 yilda iste’molchilarga 45,7 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 67,5 milliard kVt⋅soatга yetdi. Bu esa 2016 yilga nisbatan 21,8 milliard kVt⋅soat yoki 48 foizга ko‘p elektr energiyasi yetkazib berilganini anglatadi.
Ayni shu davrda aholi daromadining 1,6 barobarга oshgani, yangi turdagi maishiy texnika vositalari hamda zamonaviy qurilmalardan foydalanishning ommalashishi sababli uy xo‘jaliklari tomonidan 2024 yilda iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi 21 milliard kVt⋅soatдан oshib, 2016 yilga nisbatan qariyb 2 barobarга ko‘paydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga kelib mamlakatda 117 milliard kVt⋅soat, 2035 yilda esa 135 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi talab etilishi kutilmoqda. Bu esa hozirgi iste’mol ko‘rsatkichlaridan 1,7 barobar ko‘p bo‘lib, kelgusi yillarda energetika sohasidagi talabning keskin oshishini va buning uchun tegishli infratuzilmaviy yangilanishlarni talab qilishini ko‘rsatadi.
Energetikadagi yo‘qotishlarni kamaytirish choralari
O‘zbekistonda energiya tarmog‘ining katta qismi eskirgan holda faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektr torlari va transformatorlarning aksariyati 30–40 йилдан ortiq ishlatilmoqda. 2019 yilda energiya yo‘qotishlari 18 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14 foiz bo‘ldi. 2030 yilda elektr energiyasi yo‘qotishlarini 8-9 foizга tushirish maqsad qilingan.
Energiya manbalari va "yashil” energiya rivoji
O‘zbekistonda elektr energiyasining 80–85 foizi issiqlik elektr stansiyalari (taxminan 80 foizi tabiiy gaz va 3-5 foizi ko‘mir), 16 foizi “yashil” energiya (10-12 foizi Gidroelektr, 4-6 foizi quyosh va shamol stansiyalari) orqali ishlab chiqariladi. Bir xil energiya manbasiga kuchli bog‘liqlik — energetik xavfsizlikka tahdid soladi hamda ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli mamlakat tomonidan energiya balansini mustahkamlash va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “yashil” energiya manbalari va boshqa alternativ energiya resurslarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Yashil” energiyaning afzalligi
Issiqlik elektr stansiyalarida bir kilovatt-soat elektr energiyasining narxi 5-6 центni tashkil etsa, quyosh va shamol stansiyalarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 3 центni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi issiqlik stansiyalariga qaraganda sezilarli darajada arzon hisoblanadi. Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ekologik jihatdan ham tozaligi bilan katta ahamiyatga ega.
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi
Global iqlim o‘zgarishlari va ekologik muammolar, jahonning barcha mamlakatlarini barqaror rivojlanish yo‘liga o‘zgarishlar kiritishga undamoqda. Bu jarayon nafaqat tabiiy resurslardan samarali foydalanishni, balki iqtisodiyotning ekologik samaradorligini oshirishni ham o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston ham ushbu global tendensiyadan chetda qolmagan holda "yashil” iqtisodiyotga o‘tishni o‘z strategik rivojlanish rejalariga kiritgan.
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va 2025 yilgi davlat dasturida, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, 2030 yilga qadar jami elektr energiyasida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, issiqxona gazlarini qisqartirish, sanoatda energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish, “yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vazifalar belgilangan.
So‘nggi yillarda qariyb 4 GVt muqobil quvvatlar ishga tushirildi va elektr energiyasini ishlab chiqarishda "yashil” energiya ulushi 16 foizga yetdi. Shuningdek, sanoatda "yashil” energiya sertifikati tizimi joriy etildi. Quyosh panellari o‘rnatilgan xonadonlar soni 60 mingдан oshdi. Bu esa mamlakatning “yashil” iqtisodiyotга o‘tish borasidagi qat’iy harakatlari va muvaffaqiyatli qadamlarining amaldagi natijasidir.
2025 yilda “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy qilish maqsadida Parij bitimining talablariga asoslanib, O‘zbekistonning uglerod neytralligiga erishish uchun uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, umumiy quvvati 4,5 GVt bo‘lgan yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, 785 megavatt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish, 225 megavatt quvvatli gidroelektr stansiyalarini barpo etish orqali, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi elektr energiyasini ishlab chiqarishda 26 foizga, jami generatsiya quvvatlari tarkibidagi ulushi esa 40 foizga yetkaziladi. Bundan tashqari, yangi quriladigan bino va inshootlar energiya samaradorligidan kelib chiqib “Yashil bino” sertifikati joriy etish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot банкидан bosqichma-bosqich 200 million yevro, Jahon bankidan energetika sektorida metan emissiyasini kamaytirish uchun 10 million AQSH dollari, Global yashil o‘sish instituti orqali Koreya xalqaro hamkorlik agentligi texnik ko‘magi doirasida O‘zbekiston – Koreya o‘rtasida “yashil hamkorlik”ni kuchaytirish uchun 6,5 million AQSH dollari, Jahon bankining “iCRAFT” loyihasi doirasida 500 ming tonna qisqartirilgan issiqxona gazlarini sotish hisobiga 7,5 million AQSH dollari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiятидан sanoatni yashillashtirish va azot kislotasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlarini qisqartirish uchun 20 million yevro miqdoridagi yashil va kam uglerodli rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozli kredit va grant mablag‘lari jalb etiladi.
Shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarning 2025 yildan boshlab 15 foizида, 2027 yildan boshlab 30 foizида, 2030 yildan boshlab esa 55 foizида “yashil komponentlar” bo‘lishi lozimligi belgilandi.
Bundan tashqari, 2030 yilga borib, 25 GVt qayta tiklanuvchi energiya manbalari barpo etilib, buning hisobiga yiliga 64 milliard kilovatt soat “yashil energiya” olinishi va jami generatsiyada “yashil energiya” ulushini 54 foizга yetkazish maqsad qilingan. Bu atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini 16 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi. O‘zbekistonning Parij bitimi doirasidagi bug‘ gazlari chiqarishni 35 foizга kamaytirish bo‘yicha olingan majburiyatini muddatidan oldin bajarish uchun barcha sa’y-harakatlar ishga solinmoqda.
O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan choralar mamlakatning ekologik barqarorligi, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda energiya ta’minotini samarali va ekologik toza usullar bilan ta’minlash, metan emissiyasini qisqartirish va “yashil” energiya manbalarini ko‘paytirish mamlakatning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim qadamlardan hisoblanadi. Ushbu islohotlar O‘zbekistonga iqtisodiy va ekologik rivojlanishda zamonaviy usullarni joriy etish, mintaqaviy yetakchilikni ta’minlash va xalqaro miqyosda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash imkonini beradi.
Iskandar O‘roqboyev,
Barqaror rivojlanish markazi eksperti