English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
13:18 / 2026-02-02

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Reglamentda: 

fuqaroning yashash joyi manzili to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotni tahrirlash haqidagi murojaati asosida tahrirlangan qayd varag‘i berish; 

mulkdorning ko‘chmas mulkida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxs (shaxslar) to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotni tahrirlash haqidagi murojaati asosida ko‘chmas mulk manzilida ro‘yxatdan o‘tgan shaxs (shaxslar) haqida tahrirlangan ma’lumotnoma berish tartibi belgilab berilgan.

Qarorga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish bo‘linmalari yoki davlat xizmatlari markazlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi. 

2026 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashash joyi manzili hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxs (shaxslar) to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash uchun YAIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. 

Qarorga muvofiq,  ikki oy muddatda “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ariza beruvchi mulkdorning oila a’zosi (otasi, onasi, eri (xotini), farzandi, akasi, ukasi, opasi, singlisi yoki sobiq oila a’zosi) yoxud begona ekanligi haqidagi ma’lumotni “FXDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimida mavjud ma’lumotlar asosida aniqlash imkoniyati yaratiladi. 

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda hududiy mahalla fuqarolar yig‘inidan so‘rovnomada tahrirlash ko‘rsatilgan manzilda fuqaro (fuqarolar) yashashi yoki yashamasligi haqidagi ma’lumotni “Raqamli mahalla” platformasidan “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olish imkoniyati yaratiladi. 

Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

O‘zA