Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaroqsiz dori vositalari yo‘q qilindi
17:23 / 2022-09-26

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi ish yurituvidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida 541 million so‘m qiymatga ega bo‘lgan 119 turdagi dori vositalari tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Byurining shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdim qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning tegishli bandlariga asosan, sifati kafolatlanmagan, noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Una viloyat ichki ishlar, bojxona, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari vakillari jamlangan.

Yangi Namangan tumani hududida joylashgan “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati omborxonasida saqlanayotgan, jinoiy ish materiallari yuzasidan ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan 119 turdagi “Bisiptol”, “Relantin”, “Deksamatazon”, “Plazmafor”, “Tetratsiklin”, “Enam” va boshqa dori vositalari kuydirish pechida yo‘q qilindi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA