Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi
17:01 / 2025-06-19

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuviga chek qo‘yildi.

Jumladan, “O.T.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo shoxobchasi sotuvchisi G.R. ning xaridorga eski namunadagi aksiz markali 12 dona shishadagi alkogol mahsulotini 600 ming so‘mga sotganligi aniqlandi.  

Tadbir davomida ushbu savdo shoxobchasi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat omborxonasidan umumiy bahosi 249 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol ichimlik hamda 881 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri