Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaroqlilik muddati tugagan oziq-ovqat mahsulotlari utilizatsiya qilindi
11:18 / 2022-09-30

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi Sanitariya bo‘linmasi xodimlari tomonidan tumandagi Shokir ariq ko‘chasida joylashgan “URBAN RETAIL” xususiy korxona omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada omborxonada saqlanayotgan 4 tonnaga yaqin turli xil oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati tugaganligi aniqlandi.

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga asosan iste’moldan olinib, o‘rnatilgan tartibda utilizatsiya qilindi.  
 
 

O‘zA