“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Surxondaryo viloyatida xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirib, tadbirkorlar va eksportyorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari, Farg‘ona viloyatidan kelgan delegatsiya a’zolari ishtirok etmoqda.


Yarmarkada viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. Yarmarka ishiga muvaffaqiyat tiladi.



Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlab, savdo aloqalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladigan yarmarka doirasida xo‘jalik mollari, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm, farmatsevtika sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Yarmarka ertaga yakunlanadi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri