Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yarmarka ishtirokchilarining 87 nafari ishga, 45 nafari o‘qishga yo‘llanma oldi
12:43 / 2024-03-02

FOTOREPORTAJ

Namangan shahar hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida “Ishga marhamat monomarkazi”da bitiruvchilar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan 35 ta korxona, tashkilot va muassasa 2125 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Ishlash istagini bildirgan 87 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqaroga ishga kirishi uchun hamda 45 nafar fuqaroga “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qishi uchun yo‘llanma berildi.

[gallery-16190]

Yarmarkada ishtirok etgan 165 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi bo‘yicha hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar olish to‘g‘risida maslahatlar berildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA