Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yarim yil mobaynida 40 mingdan ortiq talabalarga imtiyozli kreditlar ajratilgan
16:47 / 2024-09-05

Har bir ota-ona farzandining oliy ta’lim olishini, ziyoli va kasb-hunarli bo‘lishini xohlaydi. So‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida birgina ikki yil davomida talabalar soni 1,5 barobarga ko‘paydi. Yoshlarning o‘qishi uchun ta’lim kreditlari ajratilayotgani ham ota-onalarga, ham yoshlarga keng qulaylik yaratmoqda.

Bu borada shu yilning birinchi yarim yilligida ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasiga davlat byudjetidan 1 trillion 750 milliard so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga ko‘p mablag‘ ajratilgan. Natijada 40 mingdan ortiq talabalarga imtiyozli kreditlar ajratilishiga erishilgan. Magistraturada tahsil olayotgan 6,5 mingdan ortiq xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullarini to‘liq to‘lash uchun 22 milliard so‘m ajratildi.

Hisobot davrida 25 ta talabalar turar joylarini barpo etish uchun 97 milliard so‘m ajratilgan. Ijarada turadigan 56 ming talabaga 90 milliard so‘m kompensatsiya to‘lab berildi.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasining majlisida aytib o‘tdi.

M.Komilova, O‘zA