Yarim finalchilar aniqlandi
Mini-futbol bo‘yicha XXI O‘zbekiston milliy chempionatining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Qoidaga ko‘ra, chorak final uchrashuvi har bir jamoaning ikkita g‘alabasiga qadar davom etdi.
Mini-futbol bo‘yicha XXI O‘zbekiston milliy chempionatining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Qoidaga ko‘ra, chorak final uchrashuvi har bir jamoaning ikkita g‘alabasiga qadar davom etdi.Mamlakatning amaldagi chempioni – "Olmaliq" jamoasi "Paxtakor" klubi ustidan birinchi o‘yinda 11:4, ikkinchi bahsda 9:1 hisobida g‘alabaga erishib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
"Do‘stlik-AIN" jamoasi "Maksam-Chirchiq" klubini (2:1, 3:2) mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, "Ardus" "Metallurg"ni (6:2, 5:2), "Bunyodkor" klubi esa "Kogon" jamoasini (5:4, 5:0) yengib, yarim finalga chiqdi.
Yarim finalda "Olmaliq" jamoasi "Bunyodkor" bilan kuch sinashsa, "Do‘stlik-AIN" klubi "Ardus" bilan maydonga tushadi.