Yaqinlashayotgan to‘fon tufayli Yaponiya janubi-g‘arbidagi aholiga evakuatsiya e’lon qilindi
“Lupit” to‘foni yaqinlashayotgani tufayli Yaponiya janubi-g‘arbidagi 160 ming aholiga evakuatsiya o‘tkazilishi e’lon qilindi.
NHK tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Fukuoka, Oita va Kagosima prefekturalarga tegishli shaharlarda aholi evakuatsiya holatidan ogohlantirilgan.
Aholi ma’lumot berilgan paytda to‘fonning qayerdaligi va qancha tezlik bilan ilgarilashidan voqif qilingan. Yog‘ingarchilik miqdori keskin oshadi. Aholi, shuningdek, ko‘chki va suv toshqinlari sodir bo‘lishi xavfidan ham ogohlantirilgan.