Yaqinda bog‘dorchilik bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi
Ohangaron va Bo‘stonliqda 1 ming gektardan adir va tog‘oldi yerlarida malina va golubika plantatsiyasini, Parkentda 2 ming gektar va Ohangaronda 1 ming gektarda uzum va gilos bog‘larini tashkil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Bunda, 5 ming aholini, ayniqsa, kambag‘al oilalardan bo‘lganlarni daromadli qilish mumkin.
Mutasaddilarga bir yilda 2,2 ming gektar bog‘ va tokzorni yangilash, Angrenda anor sharbatini ishlab chiqarishni boshlash, Ohangaron tumanida olxo‘rini qayta ishlash quvvatini yaratish topshirildi.
Umuman, viloyatni bog‘dorchilik bo‘yicha namunali hududga aylantirib, eksportni 300 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
O‘zA