Yaqin Sharqdan 21 712 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi (+video)
Xabaringiz bor, Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat hamda ayrim davlatlar havo hududlarining yopilishi sababli hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari tashkil etilmoqda. 9-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaromiz qaytarildi.
Jumladan:
Saudiya Arabistonidan – 17 963 nafar;
Birlashgan Arab Amirliklaridan – 3 290 nafar;
Erondan – 47 nafar;
Qatardan – 378 nafar;
Bahrayndan – 27 nafar;
O‘mondan – 7 nafar fuqaro bugun o‘z yurtiga qaytarilgan.
Vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytda repatriatsiya ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Hx4uBJNUHuo" title="Yaqin Sharqdan 21 712 nafar o`zbekistonlik Vatanga qaytarildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA