Barchaga ma’lum, shu kunlarda Yaqin Sharqdagi urush tobora xavfli bosqichga kirdi. Mintaqada vaziyat soat sayin o‘zgarmoqda, qurbonlar soni esa kun sayin ortib bormoqda.
Joriy yilning 28-fevralidan boshlangan harbiy harakatlar nafaqat mintaqaviy, balki global inqirozga aylanishi mumkin. Eronning yuqori martabali amaldorlari va harbiy rahbarlari halok bo‘lgani bu vaziyatni yanada keskinlashtiruvchi omil sifatida baholanmoqda.
Xo‘sh, urush kimga va nima uchun kerak? Maqsad xavfsizlikmi yoki mintaqadagi kuchlar muvozanati? Bu urush yana qaysi davlatlarni o‘ziga tortishi mumkin? Diplomatik yechim topish imkoni bormi?
Mazkur savollarga javob topish uchun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Jahongir Akramov bilan suhbatlashdik. Ekspert fikrlari orqali voqealarning chuqur tahlili va oqibatlari muhokama qilinadi.
Suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavolada ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RwWcxRYEs5Y" title="Yaqin Sharqdagi urush: eng ko`p kim yutqazadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahnoza Mamaturopova, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA