Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin Sharqdagi 102 000 britaniyalik hukumatga murojaat qildi
16:40 / 2026-03-02

Yaqin Sharqda davom etayotgan notinch sharoitda 102 000 nafar Britaniya fuqarosi hukumatning maxsus yordam tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Qirollik tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper ma’lum qildi.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi davlatlarida taxminan 300 ming nafar britaniyalik doimiy yashaydi yoki vaqtincha bo‘lib turibdi. Havo yo‘llari yopilishi sabab, minglab odam hududni tark eta olmayapti. Ular orasida sayyohlar, tranzit yo‘lovchilar va xizmat safaridagilar bor.

Hozircha ommaviy evakuatsiya e’lon qilinmagan, biroq TIV vaziyatdan kelib chiqadigan ehtimoliy choralarni o‘ylamoqda. Masalan Bahrayn, Isroil, Qatar, Kuvayt, BAA va Falastindagilar hukumat platformasiga kiritilyapti.

London aviakompaniyalar va mintaqadagi hukumatlar bilan doimiy aloqada. Maqsad – fuqarolarga tezkor ma’lumot yetkazish va xavfsiz qaytish imkoniyatini yaratish. Ayrim aeroportlarga bevosita ziyon yetgan, reyslar ommaviy ravishda bekor qilingan. Bunday vaziyat qancha davom etishi hozircha noma’lum.

Musulmon Ziyo, O‘zA