Yaqin Sharqda nima gap? (+video)
Yaqin Sharqda so‘nggi yillarda yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlar mintaqa kelajagi borasida jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda. G‘azo urushi, Suriyadagi murakkab vaziyat, Yamanda uzoq davom etayotgan mojaro hamda Livan va Iroq bilan bog‘liq siyosiy beqarorlik mintaqada kuch siyosati ustun kelayotganini ko‘rsatmoqda.
O‘zA ayni masalani xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspert Xayrulla Umarov bilan atroflicha ochib berishga urinadi. Mutaxassis ta’kidlashicha, harbiy ustunlik qisqa muddatli natija berishi mumkin. Uzoq muddatli siyosiy yechimsiz esa barqarorlikka erishish qiyin.
Suhbat davomida tashqi kuchlarning mintaqaviy qarorlarga ta’siri, ichki boshqaruv muammosi va diplomatiyaning ahamiyati tahlil qilindi.
Xulosa shuki, Yaqin Sharqdagi jarayonlarga bir yoqlama emas, balki kengroq va chuqurroq nigoh bilan qarash zarur ekan.
Videoning to‘liq shaklini ko‘rish uchun “Youtube”ga o‘ting.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/syJtnnmRMp8" title="Yaqin Sharqda nima gap?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA