Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin Sharqda ishonch diplomatiyasi: O‘zbekiston tashabbuslari (+video)
08:50 / 2026-02-01

Hozir o‘ziga xos siyosiy jarayonni boshidan kechirayotgan Yaqin Sharq yangi diplomatik formatga ehtiyoj sezayotgandek. 

Shunday bir murakkab sharoitda O‘zbekiston tashqi siyosatida muvozanat va muloqotga asoslangan tashabbuslarni ilgari surib, ishonchli hamkor o‘laroq maydonga chiqmoqda.

Mamlakatimizning ushbu ziddiyatli mintaqaga bog‘liq faoliyati keskin qarash yoki tarafkashlik emas, balki barcha tomonlar ishtirokida ochiq muloqotni saqlash xususiyati bilan ajralib turadi. Ayni yondashuv Toshkentga qarama-qarshi manfaatga ega davlatlar bilan ham aloqalarni rivojlantirish imkonini bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston dunyo miqyosida konstruktiv vositachi sifatida qabul qilina boshladi.

Qator samarali tashabbuslar mamlakatimizning xalqaro nufuzi va diplomatik tajribasini sezilarli darajada oshirdi. Endilikda davlatimiz mintaqaviy mojarolarga uzoqdan qarab turuvchi emas, balki barqarorlikka hissa qo‘shishga intilayotgan mas’uliyatli yurt sifatida e’tirof etilyapti. Bu tashqi siyosatimiz yangi bosqichga ko‘tarilganini anglatadi.

Kelajakda O‘zbekiston Yaqin Sharq uchun siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va gumanitar aloqalarni bog‘lovchi muhim ko‘prik vazifasini bajarishi mumkin. Bugungi tashabbuslar shu yo‘ldagi dastlabki, muhim qadamlar bo‘lib, sa’y-harakatlarimiz samarasi yaqin yillarda yaqqol namoyon bo‘lishi shubhasiz.

O‘zA muxbiri mavzu doirasida kengroq xulosa chiqarish maqsadida ekspertlar Habibullo Azimov va Ravshan G‘oziyev bilan suhbatlashdi.

Suhbatni “Youtube” kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VuPsv_DBZ08" title="Yaqin Sharqda ishonch diplomatiyasi: O`zbekiston tashabbuslari " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Oybek Davronov, O‘zA