Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin kelajakda Erdog‘an va Asad uchrashuvi rejalanmagan
20:14 / 2023-05-29

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning Suriya yetakchisi Bashar Asad bilan muzokara o‘tkazishi hozircha rejalanmagan. Bu haqda Turkiya rahbari rasmiy vakili Ibrohim Kalin “A Haber” telekanali efirida ma’lum qildi.

– Hozircha uchrashuv sanasi ma’lum emas, yaqin kelajakda bunday muzokara rejalashtirilmagan, – dedi u. – Gap shundaki, avvalo, uchrashuvga asos yaratish kerak. Biz qanday qadam qo‘yishni ko‘rib chiqishimiz kerak. Dastlab Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari, Razvedka boshqarmasi birgalikda davlat rahbarlari muloqoti uchun zamin tayyorlashi kerak.

Kalin Turkiya va Suriya “hal etishi kerak bo‘lgan uch muhim masala bor”ligini qo‘shimcha qildi. Bu “terrorizmga qarshi kurash, qochqinlarni vataniga qaytarish, Damashq rejimi va muxolifat o‘rtasidagi muzokarani siyosiy jarayon orqali davom ettirish”dir.

Prezident vakili Suriya masalasi avval ham turli xalqaro platformalarda turli yo‘sinda hal qilinishi bo‘yicha harakat qilinganini eslatdi:

“Ostona jarayoni doirasida ham ish olib borildi. Biz shu tarzda ishlashni davom ettiramiz, yangi formatlarni ham yaratishimiz zarur.

Suriya muammosi, Anqara va Damashq munosabati bo‘yicha so‘nggi bor 10 may kuni Moskvada Rossiya, Eron, Suriya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan edi.