English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi
12:41 / 2025-12-26

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishidir.  

Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda.  

Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi.  

– Bu jarayonlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Sanoatda avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada aqlli texnologiyalar, transportda intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bo‘ldi. Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur, – dedi Prezidentimiz.

O‘zA