Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyaning yirik brendi Rossiyani tark etdi
15:29 / 2023-08-22

Yaponiyaning kiyim-bosh ishlab chiqaradigan yirik “Uniqlo” brendi Rossiyadagi biznesini yopdi, deb yozmoqda “Vedomosti” gazetasi.

– “Uniqlo” Rossiyadagi do‘konlari uchun bino ijaraga olishdan voz kechdi, – deyiladi gazeta tarqatgan xabarda. – Tegishli maydonlar, allaqachon, boshqa sotuvchi kompaniyalar tomonidan egallangan.  

Avval ham ko‘p brendlar RF bozorini tark etgan. Masalan, 2022 yil mart oyida “Inditex” rahbariyati Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. “Inditex” kompaniyasi “Zara”, “Pull&Bear”, “Massimo Dutti”, “Bershka”, “Stradivarius”, “Oysho”, “Zara Home”, “Uterque” nomi bilan faoliyat yuritadigan savdo do‘konlariga ega edi.