Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega suiqasd uyushtirildi
10:16 / 2022-07-08

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Nara shahrida chiqish qilganida unga nisbatan o‘qotar quroldan suiqasd amalga oshirildi, deb xabar tarqatdi Kiodo agentligi.

Xabarda ta’kidlanishicha, jinoyat mahalliy vaqt bilan soat 11:30 sodir etilgan. Guvohlarning aytishicha, ikkita o‘q ovozi eshitilgan, shundan keyin siyosatchi yiqilgan. Agentlikning yozishicha, jinoyatchi uning orqasidan otgan, o‘q ko‘krakka borib tekkan.

Qo‘shimcha qilinishicha, sobiq vazirni kasalxonaga yotqizishgan, lekin unda hayot alomatlari sezilmayapti.

Boshqa bir nashrning yozishicha, Abening bo‘yin qismida qon oqayotgani ko‘ringan.

Politsiya voqea joyida 40 yoshli Tetsuya Yamagamini qo‘lga olgan. Gumonlanuvchi qarshilik ko‘rsatmagani aytilmoqda.

Politsiyaning NHK telekanaliga ma’lum qilishicha, suiqasd amalga oshirilgandan keyin, boshda Abening xushi joyida bo‘lan va gaplarga e’tibor qaratgan, so‘ngra kasalxonaga olib ketish jarayonida ahvoli keskin yomonlashgan.