Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyaning nufuzli universiteti bilan davlat xizmatchilari ta’limi bo‘yicha hamkorlik qilinadi
22:23 / 2025-10-20

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari Yaponiyaning Nagoya universiteti Osiyo hamkorlikni rivojlantirish departamenti direktori, Osiyo sun’iy yo‘ldosh kampuslari instituti (ASCI) direktori, professor A.Yamauchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

ASCI – Nagoya universiteti tomonidan 2014 yilda ishlab chiqilgan, Osiyo mintaqasida ilmiy salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlarni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yosh va istiqbolli mutaxassislar uchun doktoranturada o‘qish imkonini beradi.

O‘zaro muloqot davomida davlat xizmatchilari uchun ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, kadrlar salohiyatini oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nagoya universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan nufuzli ASCI doktorlik dasturi haqida ma’lumot berildi.

Ushbu dastur davlat xizmatchilariga ish faoliyatini to‘xtatmagan holda, masofaviy tarzda 3 yil davomida tahsil olish va ilmiy izlanishlar olib borish imkonini yaratadi. Safar va tadqiqot xarajatlarining barchasi universitet tomonidan qoplanadi.

Uchrashuv yakunida 2026-2027 o‘quv yili uchun dasturda ishtirok etadigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish hamda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

N.Abduraimova,

O‘zA