Yaponiyaning “Maxima” AESida radioaktiv suv sizib chiqdi
Radioaktiv elementlari aralashgan suv sizib chiqish holati Fukui prefekturasidagi “Maxima” AESining uchinchi reaktorida kuzatilgani aytilmoqda.
Kiodo agentligining Kansai Electric Power kompaniyasi stansiyasi operatoriga tayanib yozishicha, suvning sizib chiqishi uchinchi reaktorning energobloki ichida ro‘y bergan.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu halokat atrof-muhitga zarar keltirmaydi.