Yaponiyaning hamkorligi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiga beg‘araz yordam ko‘rsatildi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga Yaponiyaning “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida 40,814 AQSH dollariga teng jihozlar topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda kelajagimiz bo‘lgan bolalarning sog‘lom o‘sishi va ta’lim muhiti sifati oshishiga hissa qo‘shadigan bunday hamkorlik davom ettirilishi ta’kidlandi.

Bu safar Yaponiyaning hamkorligi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiga stol, stul, krovat, audiovizual jihozlar va oshxona mebellari taqdim etilib, bolalar parvarishi va ta’limi uchun xavfsiz va gigiyenik muhit yaratildi.
M.Qosimova, O‘zA