Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyaning birinchi ayol fotojurnalisti Suneko Sasamoto vafot etdi
17:30 / 2022-08-24

Suneko Sasamoto 107 yoshida vafot etdi, deb yozmoqda CNN. U 15 avgust kuni Kamakura shahrida hayotdan ko‘z yumgan.

Suneko 1914 yili Tokioda dunyoga kelgan. 1940 yilda u rasman Yaponiya fotosuratchilari jamiyatiga a’zo bo‘lgan va yangiliklar fotografiyasi bo‘yicha faoliyatini boshlagan. 1950 yilda u Yaponiyaning professional fotosuratchilari jamiyatiga a’zo bo‘ldi.

"Siz hech qachon dangasalik qilmang. Doimo yaxshi narsalar haqida o‘ylang va taslim bo‘lmang", – degan edi Sasamoto Art and Design Inspiration nashriga intervyu berganda.